13 Oktyabr 2019 2665

O‘QUV KURSLARINI IShLAB ChIQISh MASALALARI BO‘YIChA XALQARO TRENING O‘TKAZILDI

O‘zbekistondagi YeHXT loyihalarining koordinatori bilan hamkorlik doirasida shu yil 7-11 oktyabr' kunlari Kanada Milliy sud'yalar instituti  (keyingi o‘rinlarda KSMI deb yuritiladi)  mutaxassislari, Adel' Kent – KSMI Sudlov bo‘yicha bosh xodimi, Brenda Kupper – KSMI xalqaro xamkorlik guruhi direktori, Brayan V. Lennoks – Ontario sudi faxriy sud'yasi, Sud'yalar oliy maktabi o‘qituvchilari, xodimlari va magistrantlari ishtirok etdilar.

Trening davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi:

 - Sud'yalar oliy maktabining institusional rivojlanishi
 - Ta'lim berishning tamoyil va sikllari kursini ishlab chiqish va o‘tkazish 
 - Sud'yalar oliy maktabi uchun etika va kommunikaiya kursini ishlab chiqish 
 - Ta'lim olishga bo‘lgan asosiy ehtiyojlar: rejalashtirish jarayonini ishlab chiqish
 - Muloqot malakasi: Kanadada bosh sud'yaning o‘rni va muloqot
 - Kanada sudlov tizimida genler tengligi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech